20:51 / 21.11.2015
25878

Suv yordamida uzoq umr ko‘rish usullari

Suv — tabiatning bebaho ne'mati, bamisoli yer, quyosh va havo singari insoniyat, hayvonot va nabotot olami tirikligining asosiy omilidir. Biz uni har doim iste'mol qilamiz yoki qandaydir korimizga ishlatamiz. Obi hayot Yer kurrasining katta qismini egallashini, sovuqda muzlashini, issiqda gazga aylanishini yaxshi bilamiz. 

Bular sizu biz o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rib, ishonch hosil qilishimiz lozim bo‘lgan oddiy hodisalar. Ammo suvning yana bir mo‘'jizavor xossasi borki, ko‘pchiligimiz buni sezmaymiz. Aniqrog‘i, u har qanday quvvatni o‘zida aks ettiruvchi axborot tashish omili ekanligini, gohida inson hayoti uchun xavf tug‘diruvchi manbaga aylanishi ham mumkinligini xayolimizga keltirmaymiz.

Mazkur maqolada suv yordamida uzoq umr ko‘rish sirlarini bayon qilamiz. Siz ular bilan kun davomida bir necha bor to‘qnash kelgansiz!

Bu sirni Abu Ali ibn Sino uzoq umr ko‘rish retseptlarida aytib o‘tgan. U qarishning asosiy omili “organizm so‘lib qolishida", deb hisoblagan. 

Zamonaviy ilm-fan ham bu fikrni tasdiqlamoqda – yosh o‘tishi bilan organizmdagi suv miqdori kamayib boradi.

Bu esa qon va limfalarning quyuqlashishi, teri, mushaklar egiluvchanligining kamayishi, bosh, bo‘g‘imdagi og‘riqlarga olib keladi.

Xo‘sh, buning oldini olish uchun nima qilish kerak? Javob juda oddiy - organizmni namlantirish, suyuqlik bilan to‘yintirish, ya'ni suv ichish kerak. Biroq qachon va qay holda?

Ma'lumki, suv organizmimizning asosini tashkil qiladi. Suv yana ma'lumot va quvvat tashuvchi sanaladi. Tanada quvvatni yetkazish uchun ham ko‘p miqdorda suv talab etiladi. Ko‘plab quvvat mashqlari, misol uchun teta-xiling ham organizmda yetarli miqdorda suv talab qiladi.

Muhimi, suv har qanday yaxshi va yomon ma'lumotni yozib oladi. Uning yonida kimgadir baqirsangiz, u salbiy ma'lumotni o‘zida aks ettiradi, chiroyli musiqa eshitsangiz yoki muhabbat aks etgan so‘zlarni aytsangiz suv ijobiy axborotga ega bo‘ladi.

Sog‘liq uchun faqat musbat quvvatga ega suv foyda keltiradi.

Yoglar suvni ertalab sovuq bo‘lmagan, aksincha 40 gradusdagi issiq-iliq holatda iste'mol qilishni tavsiya qiladilar.

Qancha icholsangiz, misol uchun 1 stakan, 2, 3.... shuncha ichishingiz mumkin. Biroq boshlanishida asta-sekinlik bilan ko‘paytirib boring.

Agar avval ertalablari suv ichmagan bo‘lsangiz yoki uni umuman kam iste'mol qilsangiz, bir necha qultumdan boshlab, kun sayin dozani oshirib borishingiz mumkin.

Qaysi haroratdagi suv foydali?

Uni yana “tezkor suv” deb ham ataydilar. Ha, aytgancha, bilasizmi, organizmning qayerida suv so‘riladi? Ko‘pchilik bu savolga oshqozonda, deb javob beradi.

Oshqozonda hazm qilish jarayoni sodir bo‘ladi, suv esa ingichka ichakda so‘riladi. Tezkor suv – demak aynan u ingichka ichakka tezkorlik bilan yetib boradi!

Agar siz oshqozonimizning tuzilishi bilan qiziqib ko‘rgan bo‘lsangiz shuni bilasizki, faqat suvgina undan hech qanday to‘siqlarsiz, hazm qilishni talab qilmay, o‘tib ketishi mumkin.

E'tibor qiling: faqat suv! Choy, qahva, o‘simlik damlamalari, kompotlar emas. Ularni maydalash uchun hazm qiluvchi fermentlar talab etiladi.

Nima uchun iliq suv ichish kerak?

Chunki muzdek suvni oshqozon avval isitib, keyin o‘tkazib yuboradi. Xitoyliklar esa suv va boshqa taomlarni isitish buyraklar quvvati hisobiga amalga oshiriladi, deb hisoblaydilar, shuning uchun muzdek suv ichishni tavsiya qilmaydilar.

Buyraklar quvvatini behuda sarflamasdan, uni asrab-avaylash va ko‘paytirish lozim.

Yana bir muhim narsa. Oshqozonga suv tushgan vaqtda hazm qilish jarayoni sodir bo‘lmayotgan bo‘lishi kerak, aks holda aqlli organizm uni ichakka emas, hazm qilish fermentlarini aralashtirish uchun yo‘naltiradi.

Demak, ertalab och qoringa faqat iliq suv ichish lozim. Mana shu tezkor suvning uchta sharti hisoblanadi. Unga minnatdorchilik so‘zlarini ham aytishni unutmang.

Agar shunday qilsak, qanday natijaga erishamiz deysizmi?

Suv bevosita hujayraga emas, hujayra yaqinidagi joyga borib tushadi (hujayra ichidagi suv esa shishlarga sabab bo‘ladi). Hujayra orasidagi suv esa qon va limfalarni eritadi, qondagi qand va xolesterin miqdorini pasaytiradi.

Tunda yig‘ilib qolgan suv tanqisligi qoplanadi, chunki organizmda kechqurun ham qandaydir jarayonlar sodir bo‘ladi, biroq unga suv yetib kelmaydi. Ba'zilar esa yana tunda terlaydilar ham.

Ertalab och qoringa ichilgan suv zaharli moddalar, oshqozonda hazm bo‘lmagan ovqat qoldiqlarini yuvadi va yo‘g‘on ichak faoliyatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.

Oshqozon - ichak yo‘lini ish boshlashga tayyorlaydi. Yarim soatdan keyin esa nonushta qilish mumkin bo‘ladi.

Oshqozon-ichak yo‘lining to‘g‘ri ishlashi barcha oziq moddalarining to‘g‘ri so‘rilishi va uzoq hamda sog‘lom hayot garovidir. Mana sizga uzoq umr ko‘rish siri!

Xitoy tabobatiga ko‘ra, suv asab tizimiga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, ruhiy zo‘riqishlarning oldini oladi (ruhiy zo‘riqishdan keyin bir stakan qaynoq suv xo‘plab ichilsa, organizm mazkur salbiy holatni zararsiz “eritib boradi”), xavotirni kamaytiradi.

E'tibor qarating, ertalab issiq suv iste'mol qiladigan insonlarda ajinlar kam bo‘ladi.

Bu fikr ko‘plab kosmetologlar bilan muhokama qilingan, ular buni tasdiqlashgan.

Ayollar terisida ijobiy o‘zgarishni payqagach, ertalab 1 stakan emas 2 yoki 3 stakanlab suv ichishni boshlaydilar.

Suvni qaysi paytda iste'mol qilgan ma'qul? Ertalab 5 dan 7 ga qadar va kechqurun uyquga yotishdan oldin.

Uyqu oldidan suv ichish yo ichmaslik o‘zingizga havola. Agar shishlar va tunda hojatxonaga borishdan qo‘rqib, avvallari yotishdan oldin suv ichmagan bo‘lsangiz, organizmni asta-sekinlik bilan o‘rgatish lozim. Muhimi ertalab suv iching! Uni biroz limon suvi bilan nordonlashtirish ham mumkin.

Biroq choy, kompot yoki boshqa suyuqlik suvning o‘rnini bosa olmasligini unutmang!

Sidqidildan qilingan toat-ibodat, ezgu tilaklar, shirin so‘zlar va dilrabo kuylar suvga ijobiy xususiyat bag‘ishlaydigan vosita vazifasini o‘tay olishini yodda tuting. Suvni idishga solgach, u bilan obdon “suhbatlashing”. Faqat qalbingizni qiynayotgan muammolar haqida churq etmang, chunki ular zararli unsurlar miqdorini ko‘paytirib yuboradi. Eng muhimi, siz suvdan zavqlaning. Juda bebaho, ajoyibdan-ajoyib ne'mat ekanligini aytib, uni maqtang. Sihat-salomatlik, farovon hayot, baxt, sevgi, Alloh, ilohiyot, tabarruklik, muqaddaslik va boshqa ezguliklar haqida so‘z yuriting. 

Shunda, xoh ishoning-xoh ishonmang, mo‘'jiza ro‘y beradi. Iliq gaplarni “tinglagan” suv o‘z tarkibini to‘liq o‘zgartirib, musbat quvvatga ega bo‘ladi. Bu inson salomatligi uchun o‘ta muhim omil hisoblanadi. Shuning uchun ham o‘tmishda aksariyat azayimxonu tabiblar bemorlarni aynan dam solingan, qaytariq qilingan obi-hayot bilan davolaganlar. Kohinlar ham butxonalarda o‘tkaziladigan sirli ibodatlar paytida xochlardan tashqari, tarkibi yaxshi tilaklar ila boyitilgan suvdan ham foydalanganlar.

Top