09:39 / 21.11.2015
4045

WSJ: AQSh Parij teraktlari tufayli internet foydalanuvchilarining himoyalangan yozishmalarini o‘qishni istamoqda

Oq uy va AQSh kongressi a'zolari Vashingtonga Apple, Google va Microsoft kompaniyalari vakillarini chaqirib, ulardan dasturlarning foydalanuvchilariga oid himoyalangan yozishmalarni o‘qish imkoniyatini taqdim qilishni so‘ramoqchi.

The Wall Street Journal nashrida yozilishicha, bunga Parijdagi terakt tufayli xavfsizlik choralari kuchaytirilishi zarurati paydo bo‘lgani sabab hisoblanadi.

Biroq hozircha IT-industriyaning bosh ishtirokchilari Parijdagi voqealardan so‘ng o‘z foydalanuvchilari yozishmalarini oshkor etish borasida fikrini o‘zgartirganidan darak beruvchi alomatlar yo‘q, deb yozadi nashr.

Biroz oldinroq, AQSh prezidentligiga nomzod Hillari Klinton Silikon vodiysidagilar IShIDga qarshi kurashda ko‘mak ko‘rsatishi mumkinligi haqida aytib o‘tgandi.

Top