Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:23 / 21.11.2015
3053
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoyda kon shaxtasida yong‘in yuz berishi tufayli 22 kishi yer ostida qolmoqda
Xitoy shimoli-sharqidagi ko‘mir shaxtasida yong‘in ro‘y berdi va 22 konchi yer ostida qolib ketdi. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi xabar tarqatgan.
Ma'lum bo‘lishicha, Xeyluntszyan viloyatidagi konda shunday baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan.
Ayni vaqtda konchilarni qutqarish uchun harakatlar boshlangan.
Bu kon Heilongjiang Longmay Mining Holding Group davlat korxonasi tarkibiga kirishi ma'lum qilingan.