Jahon | 15:15 / 22.11.2015
3098
1 daqiqa o‘qiladi

“Chegarasiz shifokorlar”: Suriyadagi shifoxonaga uyushtirilgan aviahujum oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

“Chegarasiz shifokorlar” xalqaro gumanitar tashkiloti Suriyada uyushtirilgan aviazarbalar oqibatida 19 noyabr kuni unga tegishli shifoxonaga bomba tushgani, oqibatda 2 kishi halok bo‘lgani, 6 kishi yaralanganini, bular orasida 2 nafari shifokorlar ekanligini ma'lum qildi. Bu haqda Business Insider xabar bermoqda.
“Biz endigina yaradorlar guruhini qabul qila boshlagandikki, shifoxona old qanotiga raketalar tushdi. Bir muddatdan so‘ng 2 xodimimiz jiddiy yaralanganini tushundik. Barchasi kutilmaganda ro‘y berdi”, - dedi voqea guvohlaridan biri.
Shifoxona Damashq yaqinida joylashgani aytilmoqda.
Ilgariroq tashkilotning Afg‘onistonning Qunduz shahridagi shifoxonasida shunday voqea yuz bergan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish