07:42 / 22.11.2015
3259

“Liverpul” mehmonda “Manchester Siti”ni tor-mor etdi

Angliya chempionatining 13-turida “Liverpul” mehmonda “Manchester Siti” bilan uchrashdi va yirik g‘alabaga erishdi. Uchrashuv Manchester klubining maydoni “Etixad-Siti of Manchester”da bo‘lib o‘tdi va 1:4 hisobi bilan mersisaydliklar foydasiga yakunlandi.

Uchrashuvning 7-daqiqasida “shaharliklar” futbolchisi Elyakim Mangala o‘z darvozasiga avtogol kiritib qo‘ydi. 1-bo‘limning o‘rtalarida Filippe Koutino “Liverpul” ustunligini 2 to‘p farqiga keltirdi. 32-daqiqada Roberto Firmino “shaharliklar” darvozasiga 3-to‘pni kiritdi. 1-bo‘lim oxirida Serxio Aguero raqib darvozasiga bir javob to‘pini kirita oldi. O‘yindagi yakuniy hisobni 81-daqiqada Martin Shkrtel o‘rnatdi – 1:4.

Ayni paytda musobaqa jadvalida “Man Siti” 26 ochko bilan 3-o‘rinni, “Liverpul” esa 20 ochko bilan 9-o‘rinni egallamoqda.  

Angliya Premer-ligasi. 13-tur

Manchester Siti – Liverpul – 1:4

Gollar: Mangala, 7 (0:1, avtogol); Koutino, 23 (0:2); Firmino, 32 (0:3); Aguero, 44 (1:3); Shkrtel, 81 (1:4).

Top