Jahon | 08:59 / 22.11.2015
4761
2 daqiqa o‘qiladi

Amurda qorda yuradigan mashina yo‘lovchilari bilan muz ostiga cho‘kib ketdi

Xabarovsk o‘lkasi Ulch tumanida Amur daryosida ulovi bo‘lgan qorda yuradigan mashina (snegoxod) muz ostiga cho‘kib ketdi, deb xabar bermoqda favqulodda vaziyatlar vazirligining o‘lka bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmati.  

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, qorda yuradigan mashinada 4 kishi bo‘lgan. Hozircha bir ayolning jasadi topilgan.

FVVda ma'lum qilinishicha, bir yigit va qiz “Buran” qorda yuradigan mashinasida Susanino qishlog‘idan daryo ustidagi muzdan “Shelexovskoy LPX” bazasi tomon ketayotganlarida ularning transport vositasi yo‘lda suv ostiga ketgan. Yigit va qiz omon qolgan va bazagacha piyoda borib, tanishlaridan ularni orqaga olib borishni iltimos qilishgan.

Bir erkak kelib ularni va yana bir ayolni olib, orqasida ulovi bo‘lgan qorda yuradigan mashinada Amur bo‘ylab orqaga yo‘l olgan, biroq bu safar ular manzillariga yetib bora olmaganlar.

Ushbu holat yuzasidan tekshiruv tashkil etilib, qidiruv ishlari olib borilmoqda. FVV daryo batamom muzlamaguncha yupqa muz ustidan turli transport vositalarida yurish xavfliligidan ogohlantirib o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish