22:05 / 22.11.2015
4849

AQSh boshchiligidagi koalitsiya IShIDning Suriya va Iroqdagi pozitsiyalariga 25 ta aviazarba berdi

AQSh boshchiligidagi koalitsiya IShID jangarilarining Suriya va Iroqdagi pozitsiyalariga 25 ta aviazarba berdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Bu haqda harbiylar ma'lum qilgan.
Ta'kidlanishicha, Iroqda beshta zarba Ramadi shahri atrofiga berilgan, oqibatda IShIDning qurol-aslaha va jangovor texnikasi yo‘q qilingan. Shuningdek, koalitsiya Iroqning yana 9 ta shahriga, jumladan Sinjar, Mosul va Tikritga zarbalar bergan.

Koalitsiyada ma'lum qilinishicha, hujumlar paytida bombardimonchi, qiruvchi samolyotlar va uchuvchisiz parvoz qurilmalaridan foydalanilgan.

Suriyada Xasaki tumaniga berilgan 5 ta zarba oqibatida ikkita avtomobil, uchta inshoot yo‘q qilingan va bir necha jangari yaralangan. Yana uchta aviazarba Al-Xovul va Mara yaqiniga berilgan.

Top