AQShda 5ta giperkar poyga yo‘lida taqqoslab ko‘rildi
Rejissyor va aktyor Alexandro Salomon o‘zining YouTube videoservisidagi blogida 5ta giperkar o‘rtasida uyushtirilgan poyga natijalarini e'lon qildi. McLaren P1, Ferrari LaFerrari, Porsche 918 Spyder, Pagani Huayra va Bugatti Veyron Super Sport avtomobillari poyga trassasini qancha vaqtda aylanishiga qarab qiyoslab ko‘rilgan.
S'yomka uchun Salomon boshqa odamlardan mashinalarni olib turishiga to‘g‘ri kelgan. Barcha mashinalar standart ko‘rsatkichlarga ega bo‘lib, ularga qo‘shimcha texnik yechimlar kiritilmagan.
Giperkarlar poygasi uch videorolikda berilgan bo‘lib, ularda mashinalar Kaliforniyadagi The Thermal Club avtodromda aylangani va dreg-reysing bo‘yicha bellashgani aks etgan. Avtomobillarni trekda amerikalik haydovchi, Pirelli World Challenge bahslari ishtirokchisi Jyeyms Sofronas boshqardi.
Natijada Porsche 918 Spyder eng yaxshi giperkar deb tan olindi. U dregdagi barcha bahslarda yengib chiqib, trekda ham eng yaxshi natija ko‘rsatdi. Ikkinchi o‘rinni Ferrari LaFerrari egalladi: u trekni aylanish chog‘ida birinchi o‘rin sohibidan bor-yo‘g‘i 0.02 sekundga ortda qoldi. Qolgan o‘rinlarni McLaren P1, Bugatti Veyron va Pagani Huayra egallashdi.
McLaren P1 916 ot kuchiga ega gibrid kuch qurilmasi, 3.8 li 8 silindrli 2 trubinali dvigatelga ega; Ferrari LaFerrari’ning 6.3 l li V12 atmosferali dvigateli 963 kuchlidir; Porsche 918 Spyder 4.6 l li 8 silindrli 887 ot kuchiga ega DVS bilan jihozlangan; Pagani Huayra 6 l li 700 ot kuchiga ega V12 tvin-turbo motori bilan taklif qilinadi; Bugatti Veyron Super Sport esa 1200 ot kuchiga ega W16 kuch agregati bilan ta'minlangan.