Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 11:38 / 22.11.2015
2709
1 daqiqa o‘qiladi
Avstraliyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 30 kishi jarohat oldi
Avstraliya janubi-sharqidagi Yangi Janubiy Uels shtatida avtobus ag‘darilishi oqibatida 30 kishi jarohat oldi. Bu haqda The Guardian nashri yozmoqda.
Aytilishicha, avtobusda kursantlar harbiy o‘quvlardan qaytayotgan edi. Avtobusda jami 50 yo‘lovchi bo‘lgan.
Mudofaa vazirligi vakillarining ma'lum qilishicha, 4 kishi og‘ir ahvolda, yana bir kishi “o‘ta jiddiy” jarohat olgan.
16 kishi tezda shifoxonadan chiqarib yuborilgan, 14 kishi shifoxonada qolmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish