21:03 / 22.11.2015
4134

Baliqchilik nafaqaxo‘rlarga ortiqcha 3 mln so‘m to‘lab yuborilgani ma'lum bo‘ldi

Andijon viloyati Baliqchi tumani prokurorining o‘rinbosari Zafarbek G‘ulomjonovning ma'lumot berishicha, tumanning ayrim qishloq va mahallalarida ortiqcha nafaqa pullari to‘lab yuborilganligi tekshiruv chog‘ida aniqlangan.
Xususan, Bo‘ston QFY bo‘yicha 15ta, Guliston QFY bo‘yicha 10ta, Siza QFY bo‘yicha 6ta holatda nafaqa pullari ortiqcha hisoblanib, noto‘g‘ri to‘langani aniqlandi.
Xususan, Aralxon MFYda fuqaro T. Sarimsaqovaning 14 yoshga to‘lmagan farzandiga 63 mingdan oshiqroq, M. Turg‘unovaga 100 ming so‘mga yaqin hamda D. Mashrapovaga 20 ming so‘m nafaqa pullari noto‘g‘ri hisoblab to‘langan.
Bu borada o‘tkazilgan tekshirishlar davomida 36ta holatda jami 3 mln so‘mdan ortiq nafaqa pullari noto‘g‘ri to‘lab yuborilganligi aniqlandi.
Tekshirishlar natijasiga ko‘ra aniqlangan holatlar yuzasidan 4ta taqdimnoma kiritildi hamda 36 nafar shaxsga nisbatan ma'muriy javobgarlikka oid ish qo‘zg‘atildi.

Top