Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bangladeshda muxolifatning ikki yetakchisi qatl qilindi
Bangladeshda muxolifatning ikki yetakchisi qatl qilindi. Associated Press agentligining ma'lum qilishicha, ular 1971 yili Pokiston tarkibidan chiqish urushida sodir etilgan jinoyatlar uchun jazolangan.
Bangladesh millatchi partiyasi yetakchisi Salohuddin Qodir Choudhuri hamda “Jamoati islomiy Bangladesh” islomiy partiyasi bosh kotibi Ali Ahsan Muhammad Mujohid qatl qilindi. Dakka markaziy qamoqxonasi vakilining xabar berishicha, ular osib o‘ldirilgan.
67 yoshli Mujohid ziyolilar, jumladan, o‘qituvchilar va jurnalistlarni o‘ldirishga chaqirishda, 66 yoshli Choudhuri esa urush yillari genotsid, zo‘ravonlik va qiynoqlarda ishtirok etgani uchun o‘limga hukm qilindi.