Jahon | 17:18 / 22.11.2015
11369
1 daqiqa o‘qiladi

Bashar Asad: Rossiya 2 oyda Suriya uchun AQSh 1 yil qilganidan ko‘proq ish amalga oshirdi

Rossiya harbiylari IShIDga qarshi kampaniyaga qo‘shilganidan keyin o‘tgan 2 oyga yaqin vaqt ichida ularga qarshi AQSh boshchiligidagi koalitsiyaning 1 yil davomida qilgan harakatlaridan ko‘ra samaraliroq ish olib borgan va ko‘zga ko‘rinarli natijalarga erishgan. Bu haqda Suriya prezidenti Bashar Asad gongkongliklarning Phoenix TV telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Uning gaplari matni SANA agentligi tomonidan nashr qilingan.

Assadning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya samolyotlari tomonidan berilayotgan aviazarbalar jangarilar Suriyani tark etib, Turkiya va boshqa qo‘shni mamlakatlarga qochib ketishiga sabab bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya 31 sentabr kuni Bashar Asadning iltimosiga ko‘ra, Suriya hududidagi IShID jangarilariga qarshi harbiy harakatlar amalga oshirishga kirishgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish