Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bashar Asad Suriyadagi ixtilofdan ko‘rilgan zararni “yuz milliardlab” dollarga baholadi
Suriyadagi ixtilofdan ko‘rilgan iqtisodiy ziyon “yuz milliardlab” dollarga baholanmoqda. Bunday bahoni Suriya prezidenti Bashar Asad “Feniks-TV” Gonkong telekanali orqali ko‘rsatilgan intervyusida keltirib o‘tdi.
Asadning ma'lumotlariga ko‘ra, ixtilof oqibatida 10 foiz maktablar, 30 foiz shifoxonalar vayron bo‘lgan. Infratuzilma, energetika obektlari jiddiy zarar ko‘rgan. “Bu istalgan urushning oqibatidir va bu juda dahshatli”, deb aytdi Asad.
Asad, shuningdek, terrorchilar tomonidan tarixiy-madaniy yodgorliklarning yo‘q qilinishi yuzasidan afsusdaligini aytdi. “Talangan obektlardan ko‘pchiligi noqonuniy yo‘l bilan mamlakat tashqarisiga olib chiqib ketilgan bo‘lishi mumkin. Biz do‘stona davlatlar va YuNeSKO kabi xalqaro tashkilotlar bilan bu yodgorliklarni topib, ortga qaytarish bo‘yicha ish olib boramiz”, deb qo‘shimcha qildi Asad.