10:15 / 22.11.2015
2815

Eronda ikkita terrorchilik guruhi zararsizlantirildi

Eron oxirgi bir necha kun ichida ikki viloyatda portlashlar sodir etmoqchi bo‘lgan ikkita terrorchilik guruhini zararsizlantirdi. Bu haqda Eron rzvedkasi vazirligi ma'lum qildi.

Ma'lum qilinishicha, terrorchilik guruhlaridan biri Siston va Belujiston viloyatlarida harakat qilgan. Terrorchilar mamlakatning sharqidagi chegaraoldi hududida umumiy miqdori 150 kilogrammdan ko‘proq portlovchi moddalardan tashkil topgan 10ta bombani portlatmoqchi bo‘lishgan.

Ikkinchi holatda Eron hududiga teraktlar uyushtirish uchun kirgan dushman guruhning telefon suhbatlari aniqlangan. Terrorchilar G‘arbiy Ozarbayjon viloyatida qo‘lga olingan. Jangarilardan katta miqdorda qurol-aslaha va o‘q-dori tortib olingan.

Eron maxsus xizmatlari ma'lumotlariga ko‘ra, oxirgi ikki yil ichida IShID terrorchilik guruhlarining Eron hududiga qo‘shni Iroqdan bir necha bor kirishga urinishlarining oldi olingan.

Top