23:07 / 22.11.2015
3470

Fransiya hukumati belgiyalik fanatlarga Liondagi futbol uchrashuviga borishni taqiqladi

Fransiya hukumati Belgiyaning “Gent” klubi muxlislariga Chempionlar Ligasining guruh bosqichidagi “Lion” bilan uchrashuvda terrorchilik xavfi uyushtirilishi yuqoriligi sababli Lionga borishni taqiqlab qo‘ydi. “Gent” saytida ma'lum qilinishicha, bu taqiqlovni buzgan muxlislar hibsga olinishi mumkin.

Muxlislarga chiptaga to‘langan pullar qaytarib beriladi. Belgiyalik muxlislarga Lionga kelmasliklarining aniq sababi keltirilmagan. Fransiyalik muxlislarga o‘yinga tashrif buyurish bo‘yicha taqiqlov qo‘yilgani ma'lum qilinmagan.

Uchrashuv 24 noyabrda Lionda bo‘lib o‘tadi.

17 noyabrda Belgiya va Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi bekor qilingandi. Bu qaror Belgiya hukumati talabi bilan qabul qilingan. Belgiya hukumati bu qarorini uchrashuv paytida terakt sodir etilishi xavfi yuqoriligi bilan izohlagan.

Top