Jahon | 16:42 / 22.11.2015
2968
1 daqiqa o‘qiladi

Galifaksda qo‘ngan Turkiya samolyoti bortidan bomba topilmadi

Turkiyaning Turkish Airlines kompaniyasiga tegishli, Kanada Galifaks aeroportida favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgan samolyot bortidan bomba topilmadi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.

Samolyot uning bortida bomba borligi haqidagi yolg‘on xabar tufayli qo‘ndirilgan edi.
Turkiyaning Kanadadagi elchisi Selchuk Unalning ma'lum qilishicha, politsiya tekshiruvni yakunlagan, yo‘lovchilar sekin-asta bortga qaytarilishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish