Sport | 09:39 / 22.11.2015
3142
1 daqiqa o‘qiladi

Italiya A seriyasi: "Yuventus" "Milan"ni yengdi,"Roma" durang o‘ynadi

21 noyabr oqshomida Italiya A seriyasida 13-tur uchrashuvlari o‘tkazildi.

Chempionat peshqadamlaridan biri "Roma" "Bolonya" bilan durang o‘ynab qo‘ydi. "Yuventus" va "Milan" o‘rtasidagi markaziy bahs esa turinliklarning kichik hisobdagi ustunligi bilan yakunlandi.

Hozirda "Fiorentina" 1ta kam o‘yin o‘tkazgan holda 27 ochko bilan birinchi o‘rinda. Ikkinchi o‘rindagi "Roma" hisobida ham 27 ochko mavjud. "Yuventus" oltinchi (21 ochko), "Milan" yettinchi o‘rinda (20 ochko) joylashgan.

Bugun, 22 noyabr kuni "Fiorentina" "Empoli", "Inter" esa "Frozione" bilan o‘ynaydi.

Bolonya – Roma 2:2 (1:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 14 Masina, 1:1 – 52, Pyanich (penalti), 1:2 – 72, Jyeko (penalti), 2:2 – 87, Destro (penalti).
Ogohlantirishlar: Manolas (12), Donsa (26), Gastaldello (33), Nainggolan (33), Mirante (38), Mayyetta (54), Iturbe (57), Torosidis (84), Destro (88).

Yuventus – Milan 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 65 Dibala.
Ogohlantirishlar: Sturaro (28), Kutska (31), Lixtshtayner (50), Aleks (53).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish