Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziya bosh vaziri: Osiyo va Tinch okeani mintaqasi davlatlarining ASeAN bilan hamkorligi 2016 yilda yaratiladi
Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi (ASeAN), Avstraliya, Kanada, Hindiston, Yangi Zelandiya, Janubiy Koreya va Yaponiyani birlashtiruvchi dunyodagi eng yirik erkin savdo zonalaridan birini joriy yil oxirigacha yaratishga vaqt yetmaydi. Buni Malayziya bosh vaziri Najib Razoq Kuala-Lumpurda o‘tayotgan ASeAN sammitida tan oldi.
“Biz duch kelgan muammolarni, shuningdek, ushbu kelishuvning qiymatini inobatga olsak, bizga muzokalara uchun ko‘proq vaqt kerak”, - dedi u.
Razoqning ta'kidlashicha, muzokaralar 2016 yilda ham davom etadi. Hamkorlikni keyingi yil oxirigacha yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.