Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Myanmadagi yer o‘pirilishi hodisasi tufayli halok bo‘lganlar soni 90 kishiga yetdi
Myanma shimolidagi Kachin viloyatida yuz bergan yer ko‘chkisi tufayli halok bo‘lganlar soni 90 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda mahalliy hukumatga asoslanib, Frans Press nashri xabar tarqatgan.
Bundan oldingi xabarda bu tabiat hodisasi tufayli 75 kishi vafot etgani aytilgandi.
"Biz 21 noyabr kuni 79 kishi jasadini, bugun esa 11 kishi jasadini tuproq ostidan chiqarib oldik", deyilgan xabarda.
Yer o‘pirilishi oltin va nefrit shaxtalaridan olingan jinslardan iborat, balandligi 300 metrlik tog‘da qayd etildi. Vayronalar ostida 70ga yaqin uy qolib ketgan.
Ta'kidlanishicha, qurbonlar soni oshishi mumkin, chunki vayronalar ostida yuzlab odamlar qolib ketgan bo‘lishi mumkin.
Maxsus guruhlar hududdagi qutqaruv ishlarini davom ettirishmoqda.