Jamiyat | 23:58 / 22.11.2015
4086
1 daqiqa o‘qiladi

Norinda mahalladoshlariga qariyb 8 mln so‘m nafaqa pullarini ortiqcha to‘lab yuborgan rais jinoiy javobgarlikka tortildi

Namangan viloyati Norin tumanida qariyb 8 mln so‘m nafaqa pullarini ortiqcha to‘lab yuborgan rais jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.

Tekshiruvda ma'lum bo‘lishicha, mahalla raisi bo‘lgan Karimjon Boboyev 2014 yil davomida u 7 nafar fuqaroga 7 mln 649 ming so‘m miqdoridaga ijtimoiy nafaqa pullarini hujjatlarni qalbakilashtirgan holda to‘lab yuborgan.

Uning bu xatti-harakatlari aniqlangach, Boboyev raislik mansabidan ozod qilinib, jinoiy javobgarlikka tortildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish