21:21 / 22.11.2015
4392

OAV: terrorchilar Gannoverda beshta bomba portlatmoqchi bo‘lgan

Frantsuz razvedkasi Germaniyaning Konstitutsiyani saqlash bo‘yicha federal agentligiga Gannoverda amalga oshirilishi rejalashtirilgan teraktlar haqida ma'lumotlarni berdi, deb yozmoqda Frankfurter Allgemeine Sonntagszeitung nashri.

Bu haqda manbalar xabar bermoqda. Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, uchta bomba stadionda, bittasi avtobus bekatida va yana bittasi vokzalda portlatilishi kerak bo‘lgan.
Xabarda aytilishicha, Gannoverda oldi olingan teraktlarni tayyorlashda gumon qilinganlar nomlari ma'lum.

Avvalroq politsiya Germaniya va Niderlandiya terma jamoalari o‘rtasida futbol uchrashuvi bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Gannoverdagi stadion oldidagi avtomobillardan birida bomba aniqlagani ma'lum qilingandi. Keyinroq Gannover politsiyasi “HDI-Arena” stadioni yaqinida voqeaga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan odamni ushlagani ma'lum qilingandi.

Top