Jahon | 19:01 / 22.11.2015
10134
3 daqiqa o‘qiladi

Olimlar baliqchi qushlar kit bolalarini tiriklayin yeyayotganini aniqlashdi

Olimlarning aniqlashicha dominikan baliqchi qushlari (chayka) Argentina sohillari yaqinida kitlarning bolalariga hujum qilib, ularning tanasidan etlarini yulib olmoqda. Katta kitlardan farqli o‘laroq hali bunday yirtqich qushlardan yashirinishni bilmaydigan kit bolalari himoyasiz qilmoqda.

Bu haqda PLoS One jurnalida ma'lum qilindi. Bu tadqiqot haqida qisqacha Discover blogida aytib o‘tildi.

Dominikan baliqchi qushlari (Larus dominicanus) odatda shilliq qurtlar va qush koloniyalaridan qolgan yemaklar bilan oziqalanadilar. Biroq 1970-yillarda Valdes yarimoroli yonida ular parazitlar va janubiy kitlarning quriqshab qolgan terisini cho‘qib, yeya boshlaganlar. Bu odat tusiga kirib, ular kitlardan go‘sht parchalari cho‘qib tortib ola boshlashgan. Vaziyat yana shunisi bilan yomonlashmoqdaki, Valdes suvlarida urg‘ochi kitlar ko‘zi yorib, o‘z bolalarini voyaga yetkazadilar va darrov xavfsiz masofaga uzoqlasha olmaydilar.

Buenos-Ayresdagi Kitlarni saqlash instituti olimasi Karina Maron va uning hamkasblari 1974-2011 yillarda aerofotosuratga olish yordamida olingan kitlar va ularning bolalari suratlarini hamda 2003-2011 yillarda sohilga chiqarib tashlangan kitlar suratlarini o‘rganishdi. Avval baliqchi qushlarning tumshuqlaridan qolgan jarohatlar bo‘lmagan. 1980-yillarga kelib jabrlangan kitlar 35 foizga, 2000-yillarda esa 99 foizga yetgan.

Katta yoshdagi kitlar tajovuzkor muhitga sekin-asta ko‘nika boshlashgan. Agar avval ular nafas olgani suv sirtiga bir soatga yaqin chiqishgan bo‘lsa va suvda yuzida yaslanib, chayqalib yurishgan bo‘lsa, endilikda ular muntazam ravishda to‘lg‘onib, dumlarini boshlariga torta boshlashgan. Bundan tashqari, endilikda kitlar suvdan faqatgina boshlarini chiqarib, tezlik bilan nafas olib, yana tezda sho‘ng‘iydilar.

Biroq tajribasiz kit bolalari yangi taktikadan foydalanmaydilar va baliqchi qushlarning asosiy qurbonlariga aylanadilar: olimlar ularning tanalarida urg‘ochi kitlarning tanalaridan ko‘proq jarohatlar aniqlashgan. Kitlarning ustiga birvarakayiga bir nechta qush o‘tirib, uzunligi 10 santimetr keladigan et tasmalari yulib olishmoqda.

Olimlarning ta'kidlashicha, qushlarning hujumi oxirgi yillarda kit bolalari orasidagi o‘lim darajasining yuqoriligiga asosiy sabab bo‘lmayapti, biroq ular bu jarayonda muhim o‘rin tutmoqda. Ko‘pincha chiqindilar orasida oziqlanadigan qushlar kitlarni teri kasalliklari bilan zararlaydilar, jarohatlar suvsizlanishni keltirib chiqarib, termoregulyatsiya jarayonini murakkablashtiradi. Urg‘ochi kitlar baliqchi qushlardan muntazam yashirinishi sababli bolalarini oziqlantirishga kamroq vaqt ajratadi.