14:42 / 22.11.2015
5343

O‘z ampluasini o‘zgartirganidan keyin "ochilgan" futbolchilar

Bolaligida murabbiy tomonidan noto‘g‘ri ampluada o‘ynatilgan, katta futbolga ham shunday ampluada kirib kelgan, lekin futbolchi keyinchalik o‘zi uchun kerakli o‘rinni topa olgan, hatto katta muvaffaqiyatga erishgan holatlar ko‘p uchramaydi.

Quyida shunday futbolchilarning 8 nafari eslanadi.

Vensan Kompani, “Manchester Siti”

Belgiyalik futbolchi, hozirda "Manchester Siti" himoyachisi hisoblanadigan Vensan Kompani bir vaqtlar "Anderlext" va "Gamburg" jamoalarida tayanch yarimhimoyachisi sifatida o‘ynardi.
Vensan Kompani “Manchester Siti”ga kelganida ham Mark Xyuz tomonidan markazga qo‘yilgandi. 2010 yildan boshlab esa Kompani himoya markazida o‘ynashni boshladi va bu joyni o‘ziniki qilib oldi.
Joriy mavsumda Kompani jamoa safida 8ta o‘yinda ishtirok etdi va ulardan 7tasi "shaharliklar"ning quruq g‘alabasi bilan yakunlandi. U jarohat tufayli maydonga tushmagan 5ta o‘yinning barchasida "Manchester Siti" o‘z darvozasidan gol olib chiqqan.
Xususan 26 sentabr kuni "Tottenhem"dan 4ta, 21 noyabr kuni esa "Liverpul"dan 4ta.

Robin van Persi, “Fenerbahche”

Tezkor, texnikasi zo‘r, hujumlarga ajoyib yakun yasaydigan markaziy hujumchi. Bu e'tirofga gollandiyalik hujumchi Robin van Persi juda mos tushadi.
Lekin Arsen Venger 2004 yilda vinger sotib olib, uni shunday yuqori saviyali markaziy hujumchiga aylantirgandi.
Van Persi bu ampluada "Arsenal" uchun 100dan ortiq golni raqiblar darvozalariga joyladi. Sovrinlar uchun "MYu" safiga o‘tib ketgan futbolchi bu jamoada ham gollar urishda davom etdi. Hozirgi jamoasi "Fenerbahche"da ham gollar urishda davom etmoqda.
U Gollandiya terma jamoasi safida 2006 yildan beri turli o‘yinlarda jami 67ta gol urgan.
Bu esa Arsen Vengerning o‘z vaqtida undagi qobiliyatni seza olgani bilan bog‘liqdir.

Garet Beyl, “Real”

Uelslik bu futbolchi o‘z faoliyatini qanot himoyachisi sifatida boshlagan. "Sautgempton"da ham, 2007 yildan "Tottenhem"da ham himoyachi sifatida o‘ynardi va doim xatolarga yo‘l qo‘yardi. U himoyachi sifatida maydonga tushar, oldinga chiqib ketganida, ortga qaytishni unutib qo‘yardi. "Shporlar" muxlislari orasida "Beylning tavqi la'nati" iborasi paydo bo‘lgan (u qatnashgan barcha 24 uchrashuvda jamoa mag‘lab bo‘ladi).
Kunlardan bir kuni esa o‘sha paytda "Tottenhem" murabbiyi bo‘lgan Harri Rednapp Beyl uchun eng munosib amplua qanot hujumchisi o‘rni ekanini anglab yetgan.
Aynan shu joyda harakat qilishni boshlagach, o‘sha unitilmas oqshomda, YeChL o‘yinida u Maykonni olamga sharmanda qilgandi (u 0:4 hisobida yutqazayotgan jamoa tarkibida "Inter"ga qarshi o‘yinda hisobni duranggacha olib borgan, u 4ta golini ham Maykonni dog‘da qoldirib o‘tish orqali urgandi).
Londonliklar jamoasi Villash-Boash qo‘li ostida shug‘ullana boshlagach esa, Beyl "o‘nlik" hujumchisi sifatida namoyon bo‘ldi. U shuningdek, Uels terma jamoasida ham markaziy hujumchi sifatida o‘ynay boshladi.
Ayni kunda, "Real" safida u hujumning istalgan joyida harakat qilmoqda.

Bastian Shvaynshtayger, “MYu”

Bastian Shvaynshtayger Angliyaga kelgach, “MYu” bosh murabbiyi uni turli joylarda o‘ynatib ko‘rdi. Istasa yarim himoyachi sifatida, istasa tayanch yarim himoyachisi sifatida, istasa pleymeyker, istasa dispetcher.
"Bavariya"dagi faoliyatini ushbu futbolchi qanot xavbeki sifatida boshlagandi. Lekin u bu joydan turib o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata olmadi.
Lui van Gaal "Bavariya" boshqaruviga kelgach, Shvaynshtaygerni markazga qo‘ydi. Bastian bu o‘rinda o‘zini ko‘rsatdi va dunyo yana bir ijodkor hamda mehnatkash xavbekka ega bo‘ldi.

Andrea Pirlo, “Nyu-York Siti”

"Breshiya"da Roberto Bajjo bilan bir vaqtda Andrea Pirlo ham o‘ynashni boshladi. U hujumchi ortida o‘ynashga ixtisoslashgan bo‘lib, bu o‘rin Bajjo tomonidan band qilingandi.
Shuning uchun, futbolchi o‘ziga orqaroqdan joy topdi. Bugun dunyo Pirloning o‘ziga xos ampluasi haqida biladi. Bu ampluaning nomi pleymeyker-tayanch yarim himoyachisi ham emas, xavbek bo‘lib xavbek ham emas, shunchaki Pirloning ampluasi.

Terri Anri

Arsen Vengerning yana bir oqilona tanlovi. Yosh Anri "Arsenal"ga kelishdan oldin qanot futbolchisi bo‘lgan. Bu talantning yanada yorqin futbol namoyish etishi uchun murabbiy unga markazda o‘ynashni maslahat qilgan.
Va shu tariqa Terri Anri paydo bo‘lgan. U uchinchi ming yillik boshidagi eng kuchli hujumchilardan biriga aylandi. U qanotda harakatlanish xususiyatlarini ham saqlab qoldi. Lekin Anri markazda hamisha himoyachilar uchun qo‘rqinchli ko‘rinardi.

Pol Skoulz

"Yaxshi hujumchi edi". Bu ta'rif 1997 yilgacha bo‘lgan Pol Skoulz haqida. "A'lo darajadagi yarim himoyachi". Bu 1997 yildan keyingi Pol Skoulz haqida.
1997 yilda Roy Kin jarohat olgach, Ser Aleks Fergyuson Skoulzni markaziy hujumchi ampluasidan Kinning o‘rniga qaytaradi. "Malla shahzoda" esa shu joy uchun tug‘ilganini ko‘rsatib qo‘yadi. Uning jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarbalar yo‘llab, raqiblar darvozabonlarini dog‘da qoldirishi ham, sheriklarini zargarona paslar bilan ta'minlashlari ham shu nuqtadan amalga oshadi.

Frants Bekkenbauer

Frants Bekkenbauer o‘z vaqtida futbolchi bo‘lgani haqida eshitganlar uni himoya qo‘rg‘oni bo‘lganini e'tirof etishadi. Ammo u 1964 yilda "Bavariya"ning hujumkor yarim himoyachilaridan biri edi.
Ko‘p o‘tmasdan o‘zini libero sifatida sinab ko‘rgan futbolchi faoliyati oxirigacha shu ampluada qoldi. Lekin u hamisha hujumlarga qo‘shilib turgan, uning tajribasi bunga imkon berardi.

Top