07:12 / 22.11.2015
5560

Ramzon Qodirov: Yaqin Sharqda IShID safida 484 nafar chechen jang qilgan

IShID terrorchilik guruhi safida jang qilgani Yaqin Sharqqa 484 nafar chechen ketgan, ulardan 200 nafari yo‘q qilingan, o‘z qilmishidan pushaymon bo‘lgan 50 nafari o‘z yurtiga qaytgan. Bu haqda Checheniston rahbari Ramzon Qodirov “TV Tsentr” telekanali efirida ma'lum qildi.

“484 nafar bizning odam IShID safiga qo‘shilish uchun jo‘nab ketgan, 200 nafari yo‘q qilingan. IShID tomonga o‘tganidan pushaymon yegan 50 ga yaqin odamni ortga qaytardik. Ular respublikada yashab, maxsus xizmatlarga ko‘mak ko‘rsatmoqda. U yerda qolganlarni esa albatta yo‘q qilamiz”, deb aytdi Qodirov.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, IShID safida 25 mingdan ko‘proq xorijiy jangari, jumladan arab davlatlari, Yevropa, Rossiya va MDH fuqarolari jang qilmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiyadan Suriyaga 2719 odam ketgan, ulardan 160 nafari yo‘q qilingan, 73 nafari qaytib kelib, jazolangan, 36 kishi hibsga olingan.    

Shuningdek, Suriya va Iroqda IShID safida Qirg‘izistondan 500 kishi, O‘zbekistondan – 600, Tojikistondan – 300, Turkmaniston va Qirg‘izistondan 200-250 nafardan odam jang qilmoqda.  

Top