Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Sharl de Goll» aviatashuvchisi 23 noyabr kuni IShIDga qarshi kampaniyaga qo‘shiladi
Fransiyaga tegishli «Sharl de Goll» aviatashuvchisi 23 noyabrdan boshlab IShIDga qarshi harbiy amaliyotlarga qo‘shiladi. Bu haqda Fransiya Mudofaa vaziri Jan-Iv Le Drian Europe1 telekanali efirida ma'lum qilgan.
"U ertaga tayyor bo‘ladi", degan vazir.
Biroz oldinroq, Fransiya armiyasi bosh shtabi rahbari Per de Vile IShID ustidan g‘alaba qozonish oson emasligini tan olgandi.
Fransiya prezidenti Fransua Olland 23 noyabr kuni Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan, 26 noyabr kuni Londonda Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron bilan uchrashadi va Suriya hamda terrorizm muammosini muhokama qiladi.