08:24 / 22.11.2015
8623

Shtaynmayyer Rossiyaning “katta sakkizlikka” qaytishi shartlarini aytdi

Germaniya tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayyer Bild gazetasiga bergan intervyusida Rossiyaning “katta sakkizlikka” (G8) qaytishi shartlarini ma'lum qildi.  

Uning aytishicha, agar Rossiya va G‘arb Ukraina inqirozidagi to‘siqlarni yenga olsa va tomonlar Suriya masalasi bo‘yicha yechimlarni izlashda muvaffaqiyatli ishlasa, unda g‘arb davlatlarida Rossiyani uzoq muddatga xalqaro muhokamadan istisno qilish uchun hojat bo‘lmaydi.   

Shtaynmayyerning aytishicha, G‘arbga Rossiyani yakkalash va G8’ni G7’ga aylantirish varianti hech qachon xush kelmagan.

Oktyabrda Vladimir Putin ma'muriyati boshlig‘i Sergey Ivanov Rossiya G8’da ishtirok etmayotganidan hech ham xafa emasligini, “oxirgi sanksiyalarning Rossiya iqtisodiyotida ta'siri esa G‘arb davlatlari tomonidan juda bo‘rttirib yuborilganini” aytgan edi. Bu orada sobiq moliya vaziri Aleksey Kudrin sanksiyalar oqibatida Rossiya yalpi ichki mahsuloti 1,5 foizga kamayganini aytib o‘tdi.

Top