Jahon | 14:56 / 22.11.2015
9744
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Rossiyaning Suriyadagi aviazarbalari bo‘yicha e'tiroz bildirdi

Turkiya TIV Rossiyadagi elchisini chaqirib oldi. Bu RF harbiy havo kuchlari Suriyadagi turkman qishloq va shaharlarini bombardimon qilganiga e'tiroz sifatida tushuntirilgan. Bu haqda mamlakat bosh vazir Ahmat Dovudo‘g‘li bayonot berdi.
RBKning keltirishicha, turkmanlar yashaydigan hududlarga hujum uyushtirilishi “jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin”ligi ta'kidlangan.
Turkiya Asadga qarshi kurashuvchi qurolli guruhlarni tashkil qilgan turkmanlar oldida bir qancha majburiyatlarni o‘z zimmasiga olgan. Oktyabr oyining boshida Suriya turkman assambleyasi Rossiyani turkmanlar yashaydigan Tell-Bisa aholijoyiga hujum qilgani, buning oqibatida 40 kishi halok bo‘lganini ma'lum qildi.
Suriyada turkmanlar son jihatdan arablar va kurdlardan keyingi o‘rinda turadi. Ularning umumiy miqdori 2 mln ga yetishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish