Sport | 10:33 / 22.11.2015
2890
2 daqiqa o‘qiladi

Yurgen Klopp: Endi mening futbolchilarim o‘z kuchlariga ishonib o‘ynashni boshlashadi

"Liverpul" jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Manchester Siti"ga qarshi o‘tkazilgan o‘yindagi yirik g‘alabadan keyin jurnalistlar bilan gaplashdi.

"Etixad Stedium"da qo‘lga kiritilgan 4:1 hisobidagi g‘alabadan keyin nima deyishim mumkin. Ideal darajada o‘yin ko‘rsatdik deyishdan yiroqman. Lekin imkoniyatlarimizdan foydalandik va gollar urdik. Gollar esa chiroyli chiqdi.

Bu o‘yin katta qadam bo‘ldi. Bunday g‘alaba shogirdlarimda o‘ziga bo‘lgan ishonchni paydo qiladi.

Hissiyotlarim ajoyib. "Siti" o‘yinni yaxshi boshlay olmadi. Ularning rejasi amalga oshmagani bizga katta foyda bo‘ldi.

Biz katta ishtiyoq bilan o‘ynadik. Yaxshi yangilik sifatida aytishim mumkinki, bundan keyin yanada kuchliroq o‘yin namoyish eta boshlaymiz.

Tanaffus vaqtida 3:0 hisobi qoniqarli emasligini, yanda yaxshiroq o‘ynash kerakligini aytdim.

Bu g‘alaba tufayli futbolchilar o‘zlari o‘ylaganlaridan ham kuchli ekanliklariga ishonch hosil qilishni boshlashadi", deydi Klopp.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish