08:53 / 23.11.2015
2110

Novak Jokovich to‘rtinchi marta ATP yakuniy turnriri finalida g‘alaba qildi

Serbiyalik tennischi Novak Jokovich ATP (Professional tennischilar assotsiatsiyasi) yakuniy turniri finalida to‘rtinchi marta g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Londonda bo‘lib o‘tgan, mukofot jamg‘armasi 7 mln dollarga teng bo‘lgan bu turnir finalida Jokovich Federerga qarshi kortga chiqdi hamda 6:3, 6:4 hisoblarida zafar quchdi.

Qayd etish kerakki, to‘rtinchi marta turnirni yutgan bu tennischi mukofot jamg‘armasidan 2,06 mln dollar ulush oladi.

Finaldagi g‘alaba orqali serbiyalik tennischi o‘zining ashaddiy raqibi Federer bilan uchrashuvlardagi hisobni tenglashtirib oldi - 22:22.

Top