Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiyada maxsus amaliyot davomida 16 kishi hibs qilindi: Ular orasida Saloh Abdislom yo‘q
Belgiya prokurorining tasdiqlashicha, Parij terakti tashkilotchisi sifatida gumon qilinayotgan Saloh Abdislom Bryusselda o‘tkazilishi davom etayotgan aksilterror amaliyot chog‘ida qo‘lga olingan 16 kishi orasida yo‘q.
Liberation nashri xabariga ko‘ra, qo‘lga olingan 16 kishi tergov qilinadi, shundan so‘ng ular qamoqda qolishi yoki qo‘yib yuborilishi hal qilinadi.
Shuningdek, aksilterror amaliyot davomida qurollar va portlovchi moddalar topilmagani aytilgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, aksilterror amaliyot davomida qo‘llangan choralar tufayli (yo‘llarning to‘sib qo‘yilishi) politsiya va haydovchilar o‘rtasida ziddiyat kelib chiqmoqda.