Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiyada o‘tkazilgan maxsus operatsiya yakunida qo‘lga olinganlar soni 21 nafar bo‘ldi
Belgiyada vaziyat jiddiyligicha qolmoqda. Keyingi 2 kun ichida o‘tkazilgan aksilterror amaliyot yakunida 21 kishi hibsga olindi, huquqni saqlash organlari aholini ehtiyotkor bo‘lishga chaqirmoqda.
Belgiya politsiyasi Bryussel, Lej va Sharleruada yakshanba kuni o‘tkazilgan tintuvlar natijasida 16 kishini hibsga olgandi.
Belgiya prokuraturasi rasmiy xodimining so‘zlariga qaraganda, Bryusselning Molenbek-sen-Jan, Anderlext, Jyett, Skarbek, Volyuve-sen-Lamber va Fore kommunalarida va Sharleruada tintuvlar o‘tkazildi.
“21 kishi vaqtincha hibsga olindi, ertaga sud tergovchisi ularning hibs ostida qoldirilishi yoki ozod qilinishi haqida qaror qabul qiladi”, — dedi prokuratura vakili.
Shu bilan bir vaqtda rasmiy vakil tergov oxirga yetmagunicha ularning ismini oshkor qila olmaslgi aytdi.
Buyuk Britaniya TIV Belgiyadagi o‘z fuqarolariga, maxsus operatsiya munosabati bilan, ushbu mamlakat huquqni saqlash organlari talablarini to‘liq bajarishni tavsiya qilmoqda.
“Agar siz maxsus operatsiya o‘tkazilayotgan hududda bo‘lsangiz, Belgiya maxsus xizmatlari talablarini to‘liq bajarishingiz kerak”, — deyilgan Britaniya TIV murojaatnomasida.
Britaniya vazirligi o‘z fuqarolariga “odam ko‘p to‘planadigan, jumladan: konsertlar, yirik tadbirlar, stansiyalar, aeroportlar, jamoat transporti, katta savdo markazlariga bormaslikni va xavfsizlik xizmatlari tekshiruvlariga to‘g‘ri munosabatda bo‘lishni” so‘ramoqda.
Chet el maxsus xizmatlaridan olingan ma'lumotlarga asoslanib Bryusselnig ba'zi kommunalarida tintuvlar o‘tkazildi. Ular qatorida Bryusselning markaziy kommunasi va emigrantlar ko‘p yashaydigan Molenbek va Etterbek tumanlari ham bor. Ushbu operatsiya oxirgi yillarda o‘tkazilgan eng yirik maxsus operatsiya bo‘lgan. Uni o‘tkazish uchun politsiya va harbiy vertolyotlardan foydalanildi.
Biroz oldinroq, Kanada Bryusseldagi elchixonasini yopgani xabar qilingandi.
21 noyabrda Bryusselda terroristik xavfning to‘rtinchi darajasi e'lon qilingan edi. 22 noyabr, yakshanba kuni esa xavfning yuqori darajasi yana bir kunga uzaytirildi.
Mamlakatning boshqa hudadlarida xavfning uchinchi darajasi hamon amal qilmoqda.
Belgiyada Parij terakti tashkilotchisi va teraktga aloqador boshqa shaxslar borligi gumon qilinmoqda.
Dastlabki xabarlarda Belgiyada maxsus amaliyot davomida 16 kishi hibs qilingani, ular orasida Saloh Abdislom yo‘qligi aytilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 13 noyabr kuni Parijda davomli teraktlar sodir etildi. Shaharda 7ta portlash va otishmalar sodir etilgan, natijada halok bo‘lganlar soni 130 nafarga yetgan. Jarohatlanganlar soni esa 351 kishi bo‘lgan.