Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bryusselda harbiylar Radisson Blu mehmonxonasini to‘sib qo‘yishdi
Belgiya poytaxti Bryussel shahridagi Radisson Blu mehmonxonasi harbiylar tomonidan o‘rab olingan.
Libre Belgique nashrining yozishicha, mehmonxonadagilarga tashqariga chiqishga ruxsat berilmayapti va unga hech kim kiritilmayapti.
Bu qaror shaharda terakt sodir etilishiga qarshi o‘tkazilayotgan maxsus amaliyot doirasida qabul qilingan.
Biroz oldinroq, politsiya Bryussel markazida terakt xavfi tufayli maxsus amaliyot o‘tkazishni boshlagandi. Harbiylar bir qancha ko‘chalarni to‘sib qo‘yishgan, uylardagi kishilarga xonalarning derazalaridan uzoqda bo‘lish tavsiya qilingan. Shahardagi Gran-Plas maydoni hududida ham maxsus amaliyot o‘tkazishga kirishilgan.
Ayni vaqtda Belgiya hukumati Bryusseldaligi taxmin qilingan ikki terrorchini izlamoqda.
