Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya yadroviy qalqonini modernizatsiya qilish uchun 47 mlrd dollar sarflaydi
Buyuk Britaniya hukumati to‘rtta yangi suv osti atom kemalarini qurishga 47 mlrd dollar ajratmoqchi, bu kemalar Buyuk Britaniyaning yadroviy qalqoni mavjudligini ta'minlaydi.
Bu haqda Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligining mudofaa va xavfsizlik sohasidagi sharhida aytilmoqda.
Avvalroq Buyuk Britaniya moliya vaziri Jorj Osborn bosh vazir Devid Kemeron oldiga mamlakatning yadroviy qalqonini modernizatsiya qilish jarayoni ustidan nazoratni unga berish shartini qo‘ydi.
“G‘aznachilik kansleri Kemeronga bortida Trident ballistik raketalari bo‘lgan keyingi avlod suv osti kemalarini moliyalashtirishni agar bu loyiha moliya vazirligiga bo‘ysunuvchi yangi tuzilma ixtiyoriga berilsagina qo‘llab-quvvatlashi haqida ultimatumni yubordi”, deb aytilmoqda The Times nashrida.
Nashrning ta'kidlashicha, Osborn Mudofaa vazirligining suv osti kemalari qurilishini 2028 yilgacha yakunlashini ta'minlashga qodirligidan xavotirlanmoqda. Shu yilga kelib hozirda amalda bo‘lgan Vanguard sinfidagi suv osti kemalarining foydalanish muddati yakunlanadi.
Buyuk Britaniya hukumati avgustda Shotlandiyadagi Glazgo shahridan shimoli-g‘arbiy tomonda joylashgan Fasleyn harbiy-dengiz bazasi infratuzilmasini modernizatsiya qilishga 5 mlrd funt sterling sarflashini ma'lum qilgandi. Bu yerda Britaniyaning yadroviy floti joylashgan.