17:35 / 23.11.2015
4575

Dollar kursi mustahkamlanishi ortidan Brent turidagi neft narxi arzonlashdi

AQSh dollarining mustahkamlanashi hamda Venesuela neft bozoridagi noxush taxminlar doirasida 23 noyabr, dushanba kuni neft narxida tushish davom etayotgani qayd etildi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bergan.

Brent turidagi neft narxi dushanba kungi savdolar davomida 0,66 dollarga (1,48 foiz) kamayib, bir barreli 44 dollarni tashkil etgan.

WTI turidagi neft narxi esa, Nyu-York tovar birjasi (NYMEX) savdolariga ko‘ra, 1,05 dollarga (2,51 foiz) kamaygan va bir barreli 40,85 dollarni tashkil etgan.

Venesuela neft vaziri Euloxio del Pino kelgusida bir barrel neft narxi qariyb 25 dollarga tushishi haqida fikr bildirib, bunday vaziyatda OPeKka a'zo davlatlar zarur choralarni ko‘rishi lozimligini ta'kidlagan.

Vazir OPeKka a'zo davlatlarga murojaat qilib, neft narxini bir barrel uchun 88 dollarga ko‘tarish choralarni ko‘rishni taklif etgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni va Qatar taklifni ko‘rib chiqmoqda.

OPeKning navbatdagi yig‘ilishi 4 dekabrda o‘tishi rejalashtirilgan. Teshkilot dunyo neft bozoriga yetkazib beriluvchi 40 foiz neft nazoratini amalga oshiradi.

Top