Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dovudo‘g‘li: Turkiya Suriyada turkmanlarni himoya qilish bo‘yicha choralar ko‘rishi mumkin
Anqara Suriyada hujumga uchrayotgan turkmanlarni himoya qilish uchun choralar ko‘rishi mumkin. Bu haqda Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li ma'lumot berdi.
Juma kuni mamlakat TIV xabar qilganidek, Rossiyaning Anqaradagi elchisi Andrey Karlov tashqi siyosiy idoraga chaqirilib, unga Rossiya havo kosmik kuchlari Suriyadagi turkman hududlarini, jumladan, Bayirbujoq tumanini bombalayotgani munosabati bilan e'tiroz notasi topshirilgan edi.
Anadolu agentligining ma'lum qilishicha, Turkiya BMT Xavfsizlik Kengashiga bu masalani darhol ko‘rib chiqish talabi bilan murojaat yo‘llagan.
“Agar hujumlar davom etsa, Turkiyaga kelayotgan qochqinlar oqimi tinmaydi, shunda Suriyada ham, Turkiyada ham zaruriy choralar ko‘riladi.
Biz, shuningdek, birodarlarimiz va singillarimizni himoya qilish uchun zaruriy barcha diplomatik choralarni ham ko‘ramiz”, - ta'kidladi Dovudo‘g‘li jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida.