Jahon | 22:22 / 23.11.2015
2009
2 daqiqa o‘qiladi

Ford AQSh, Kanada va Meksikada Fusion va Mercury Milan modelidagi 452 mingta avtomobilni ortga qaytarib olmoqda

AQShning Ford avtomobilsozlik korporatsiyasi AQSh, Kanada va Meksikada Fusion va Mercury Milan modelidagi 452 mingta avtomobilni yonilg‘ining oqib ketishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan nosozlik sababli ortga qaytarib olmoqda. Bu haqda AQSh kompaniyasining rasmiy vakillari ma'lum qildilar.

2008 yildan 2011 yilgacha ishlab chiqarilgan Fusion va Mercury Milan modelidagi mashinalar qaytarib olinmoqda. Ford texnik mutaxassislarining ma'lumotlariga ko‘ra, bu mashinalarning yonilg‘i tizimidagi klapanlaridan biri nosoz bo‘lishi mumkin. Shu sababli yonilg‘i bakida bosimning xavfli almashishi xavfi bor bo‘lib, u yonilg‘i oqishi va alangalanishga olib kelishi mumkin.    

Ford’ning ta'kidlashicha, hozircha ushbu nosozlik bilan bog‘liq birorta yo‘l-transport hodisasi qayd etilmagan.

Qaytarib olinadigan mashinalardan 411 mingtaga yaqini AQShda, 24 mingtasi Kanada va 7 mingtasi Meksikada joylashgan.

Bundan tashqari, Ford Ogayo shtatidagi zavodida 2015 yilning 29 iyunidan 3 sentabrigacha yig‘ilgan 13 ta F-650 yuk mashinasini chaqirtirib olmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu mashinalarning boshqaruv tizimida nuqsonlar bo‘lishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish