Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fortune: Apple Tesla’ni sotib oladi
Ma'lumki, Apple ko‘pdan buyon 2019 yilga qadar elektromobil taqdim etishni va'da qilayotgan Titan loyihasi ustida ishlamoqda. Bu ishni bitirishga texnogigantga Tesla yordam beradi, deb yozadi Fortune nashri.
Aytilishicha, 200 mlrd dollarga ega Apple Ilon Mask kompaniyasini bemalol xarid qilishi mumkin. Tesla bugungi kunda elektrokarlar yaratish bo‘yicha bozor yetakchisi sanalmoqda.
Shu bilan birga, Apple Tesla akkumulyatorlarida qo‘llaniladigan texnologiyalarga ham ega bo‘ladi. Ilon Maskning fikricha, bu texnologiyalar jahon energetika infrastrukturasini mutlaqo o‘zgaritib yuborishi mumkin.