19:07 / 23.11.2015
2910

Fortune jurnali 2016 yilning oxiriga neft narxi 55 dollarga ko‘tarilishini prognoz qildi

AQShning Fortune jurnali 2016 yilning oxiriga neft narxi 55 dollarga qaytishini prognoz qilmoqda.

“AQSh ichki bozorida neftning me'yoridan ko‘pligi, albatta, past narxlar xatarini saqlab qolmoqda, biroq Xitoyda neftga talabning oshib borishi 2016 yilning oxiriga neft narxining 55 dollarga o‘sishiga olib kelishi kerak”, deb ta'kidlamoqda jurnal.

Nashrning ta'kidlashicha, ko‘pchilik AQShlik neft qazib oluvchilar neft narxi 60 dollar bo‘lganda o‘zini optimal his qiladi, aynan shunday narxlarda kompaniyalar yangi loyihalarga pul tikishni o‘ziga ep ko‘rishi mumkin.

Avvalroq Saudiya Arabistoni va Angola Xitoy neft bozorida Rossiyadan o‘tib ketgani ma'lum qilingandi.

Top