22:02 / 23.11.2015
2613

Fransiya politsiyasi: Parij teraktlaridan so‘ng 300 ga yaqin tintuv ishi o‘tkazildi

13 noyabr kuni Parijda sodir etilgan teraktdan so‘ng, poytaxt politsiyasi Parij hudadida 300 ga yaqin tintuv ishini o‘tkazdi. Bu haqda Parij politsiyasi rahbari Mishel Kado xabar bermoqda.

"Aniq qilib aytadigan bo‘lsak, 298 ta tintuv olib borildi”, - deb uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi AFP.

"Xavf darajasi yuqoriligicha qolmoqda, - dedi Kado. – Biz IShID terrorchilik tashkilotining internet orqali Fransiyaga qarshi targ‘ibotlarini aniqladik”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, poytaxt hududida olib borilgan tintuvlarda 10200 nafar politsiyachi va 6400 harbiy xizmatchi ishtirok etgan.

Top