21:04 / 23.11.2015
13843

"Gazprom neft" O‘zbekistonga neft yetkazib berishni boshlaydi

Rossiyaning "Gazprom neft" operatori O‘zbekistonga neft yetkazib berishni yo‘lga qo‘yishi munosabati bilan MDH hududiga eksport hajmini 68 foizga oshirishini ma'lum qildi.

"MDH davlatlariga neft eksporti savdo hajmining 68,6 foizga ortishi O‘zbekistonga neft sotishning boshlanishi va Mozir neftni qayta ishlash zavodidagi savdoning o‘sishi bilan ta'minlanadi", deyiladi xabarda.

Kompaniya ma'lumotiga ko‘ra, 2015 yilning 10 oyida MDH mamlakatlariga eksport hajmi 0,86 mln tonnadan 1,4 mln tonnaga oshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zneftmahsulot” AK Toshkentda benzin taqchilligi mavjud emasligini yana bir bor ma'lum qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Top