19:21 / 23.11.2015
5083

Haj agenti ziyoratchilarning 1.3 mln dollarini kazinoda havoga sovurgani uchun hibsga olindi

Chikago federal sudi Haj va Umra turoperatorini bir guruh pokistonlik Haj ziyoratchilariga nisbatan qo‘llagan qallobligi tufayli 9.5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda Chicago Sun-Times nashri yozmoqda.

Sudlanuvchi Rashid Minxas, sudya Judi Grey Fismanning hukmiga ko‘ra, “Xudoni aldashga urindi” va aynan shu tufayli og‘ir jazoga tortildi.

Minxas unga moliyaviy mablag‘larini ishonib topshirgan shaxslarni aldab, qo‘lidagi 1.3 mln dollarni Disneylend yaqinidagi kazinoda yutqazib qo‘yganini tan oldi. Buning oqibatida ko‘plab odamlar Haj ziyoratiga borishday bir umrlik orzularini amalga oshira olmay qolishgan.

Top