Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij konferensiyasida jahonning 120 yetakchisi ishtirok etadi
Parijda o‘tadigan iqlim o‘zgarishi bo‘yicha xalqaro konferensiyada jahonning 120 yetakchisi ishtirok etishi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda BMTning iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha yordamchisi Yanosh Pastor bayonot berdi.
Ilgariroq xabar qilinganidek, O‘zbekiston rahbari Islom Karimov ham mazkur nufuzli tadbirga taklif qilingandir. BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Doiraviy Konventsiyasi bo‘yicha 21-konferensiya Parijda 2015 yilning 30 noyabridan 11 dekabriga qadar bo‘lib o‘tadi. Islom Karimovga tegishli taklifnoma maktublarini Fransiya prezidenti Fransua Olland hamda mamlakat tashqi ishlar va xalqaro rivojlanish vaziri Loran Fabiuslar yo‘lladi.