Jahon | 16:01 / 23.11.2015
3358
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya armiyasi KXDR chegarasi yaqinida mashg‘ulotlarni boshladi

Janubiy Koreya qurolli kuchlari Sariq dengizdagi KXDR bilan bahsli chegaralar yaqinida artilleriya mashg‘ulotlarini boshladi, deya xabar bermoqda "Ryonhap" agentligi.

Janubiy Koreya harbiylari vakilining xabar berishicha, Shimoliy Koreya tomonidan hozircha noodatiy faollik kuzatilmagan, harbiylar vaziyatni kuzatib borishmoqda.

Koreya Respublikasi Mudofaa vazirligi matbuot kotibi otishmalar mashg‘ulotlarning davomiy qismi bo‘lib, agarda KXDR tashviqotni boshlasa, Seul darhol javob zarbalarini berishini aytib o‘tdi.
Bundan avvalroq esa KXDR Seulning Sariq dengizdagi ehtimoliy harakatlariga “ayamasdan” javob berishini ma'lum qilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish