Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniyada 10 kishi “spays” sababli olamdan o‘tdi
Kaliforniya shtatidagi San-Diyego shahrida 10 kishi “spays” giyohvandlik moddasini iste'mol qilganidan so‘ng vafot etdi, deya xabar bermoqda Los Angeles Times.
Qayd etilishicha, olamdan o‘tganlarning besh nafari katta yoshli, besh nafari esa voyaga yetmaganlardir. Ularning yoshi 13dan 28gacha bo‘lgan.
Ular siyohrang ajdar rasmi tasvirlangan qora xaltachalarga solingan holda tarqatilgan sun'iy narkotik moddani iste'mol qilishgan.
Avvalroq esa 2015 yilning birinchi oylarida AQShda sintegik chekiladigan moddalar natijasida olamdan o‘tganlar soni sezilarli darajada ortgani xabar qilingan edi.