19:13 / 23.11.2015
6701

Kelajak avtosalonlarida avtomobillar bo‘lmaydi

Shvetsiyaning Volvo kompaniyasi yangi avtomobillarining xavfsizlik darajasini ko‘rsatish uchun Microsoft bilan hamkorlikda ularning virtual reallikdagi modellarini yaratdi.
Taqdimot bo‘lib o‘tgan kelajak avtosalonida birorta ham mashina yo‘q edi. Aytilishicha, kelajakda barcha avtosalonlar shunday tizimga o‘tadi. Rejaga ko‘ra, barcha xaridorlar maxsus ko‘zoynak taqib, Microsoft Hololens tizimidagi virtual obektlarni gologramma shaklida ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunday virtual modellarni aylanib, har tomonidan ko‘rish mumkin.
Ta'kidlanishicha, yangi xavfsiz mashinalar to‘laligicha avtonom tizimda ishlaydi. Lekin hali haydovchilarni mashina ulardan to‘liq mustaqil bo‘lishiga ishontirish qiyin bo‘lmoqda. Kompaniya o‘z taqdimotida mijozlarning bir qismini bunga ishontirishga harakat qiladi, deyiladi xabarnomada.

Top