Jahon | 10:29 / 23.11.2015
2100
1 daqiqa o‘qiladi

Myanmadagi yer ko‘chkisi tufayli 100dan ortiq kishi bedarak ketgan deb hisoblanmoqda

21 noyabr kuni kechasi Myanmaning shimolidagi Kashin viloyatida yuz bergan yer o‘pirilishi hodisasi tufayli halok bo‘lganlar soni 104 nafarga yetgan. Shuningdek, 100dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda.

Yer o‘pirilishi oltin va nefrit shaxtalaridan olingan jinslardan iborat, balandligi 300 metrlik tog‘da qayd etildi. Vayronalar ostida 70ga yaqin uy qolib ketgan.

Bu hudud aholisi nefrit qazib olish va sotish bilan shug‘ullangan.
Hindiston va Xitoy chegarasi hududida dunyodagi nefritning 90 foizi qazib olinadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish