Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyev yangi Mehnat kodeksini tasdiqladi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev yangi Mehnat kodeksini tasdiqladi, deb xabar beradi Oq O‘rda matbuot xizmati.
“Davlat rahbari Qozog‘iston Respublikasining yangi Mehnat kodeksini imzoladi; ushbu hujjat Millat rejasi – 5 institutsional islohotlar realizatsiyasi bo‘yicha 100 konkret qadam doirasida mehnat munosabatlari tizimini modernizatsiya qilish maqsadida ishlab chiqildi”, - deyiladi xabarnomada.
Ilgariroq ushbu yangi kodeks loyihasi ko‘pchilik fuqarolarning noroziligiga sabab bo‘lgan edi, negaki undagi yangi choralar ish beruvchilarga xohlagan paytda mehnat shartnomasini bekor qilish imkoniyatini beradi.