Jamiyat | 20:19 / 23.11.2015
2614
1 daqiqa o‘qiladi

Niderlandiyadagi shifoxona tibbiy xato tufayli bir ayolga 350 ming yevro tovon to‘laydi

Utrext universitetidagi shifoxona Niderlandiya uchun rekord bo‘lgan 350 ming yevro miqdoridagi tovon pulini tibbiy xatodan aziyat chekkan ayolga to‘laydi. NRC axborot xizmatining ma'lum qilishicha, bunday qaror sog‘liqni saqlash muassasalari faoliyatini nazorat qilish xizmati tomonidan chiqarilgan.

2011 yili tilga olingan ayol ginekologiya bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazilgan edi. Uning xabarisiz bachadon saratoniga tekshiruv o‘tkazilgan. tekshiruv natijasida ayolda bunday xastalik borligi aniqlangan, lekin bu boradagi ma'lumotnoma ayolga yetkazilmasdan, arxivga yo‘llangan, natijada ayol tegishli davolanish kurslaridan o‘tmagan. Tibbiy muassasa o‘zining bu xatosini 2 yildan keyingina aniqlagan.

Shundan so‘ng mijozga axborot yetkazilgan va u davolanish kursidan o‘tgan, lekin endi kech bo‘lgan edi. Hozir uning xastaligi davolanmaydi, va, shifokorlarning taxminicha, ayolning bir yildan oshiqroq umri qolgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish