O‘zbekiston | 18:15 / 23.11.2015
3443
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston 17 miliard dollarlik 317ta investitsiyaviy loyihani amalga oshiradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Toshkent shahrida Xalqaro investitsiyaviy forumda erishilgan ahdlashuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 5-6 noyabr kunlari Toshkent shahrida Xalqaro investitsiyaviy forum bo‘lib o‘tgan edi. Forum yakunlariga ko‘ra, xorijlik sarmoyadorlar bilan 104ta shartnoma va memorandum imzolanib, hamkorlikda umumiy qiymati 12,4 milliard dollar bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish belgilangan. Xorijlik sheriklarning majburiyati 4,72 milliard dollarni tashkil etadi.

Qarorga binoan, O‘zbekiston umumiy qiymati 16,9 milliard dollarlik ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash bo‘yicha 317ta investitsiyaviy loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.

Loyihalarning 8,75 millard dollarlik qismi xorijiy sarmoya va kreditlar hisobiga qoplansa, 4,9 milliardi xususiy mablag‘lar, 3,1 milliard dollari O‘zbekiston Rekonstruksiya va taraqqiyot fondi hamda 2,89 milliard dollari o‘zbek banklarining zayomlari evaziga amalga oshiriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish