Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda o‘tgan haftada 183ta yong‘in sodir bo‘ldi
O‘zbekistonda o‘tgan haftada 183 marta yong‘in qayd etildi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmatiga asoslanib, «Gazeta.uz» nashri xabar bergan.
Ushbu yong‘inlar oqibatida bir kishi tan jarohati olgan, yana bir kishi olamdan o‘tgan.
O‘t o‘chirish bo‘linmalarining tezkor sa'y-harakatlari evaziga qiymati 482 million so‘mdan ortiq bo‘lgan qurilish mahsulotlari va 658 million so‘mlik tovar-moddiy boyliklari saqlab qolingan.
Navoiy viloyati Xatirchi tumanida, hamda Toshkent viloyatining Pskent tumanida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘inlar chiqqan. Birinchi hodisa natijasida uyning 95 kv. metr maydonda tomi va shift qismi yonib zararlangan. Ikkinchi holatda esa 45 kv. metr maydondagi tomga zarar yetgan.
Farg‘ona viloyati Quva tumanida hamda shu viloyatning O‘zbekiston tumanida isitish pechining dudburoni qizib ketishi natijasida yong‘inlar sodir bo‘lgan. Birinchi holatda uyning 50 kv.m. maydonida tomi va shift qismi yonib zararlangan. Ikkinchi holatda esa 15 kv.m maydondagi mulk zararlangan.
Eslatib o‘tamiz, 20 noyabr kunidan 20 dekabrgacha O‘zbekistonda yong‘in xavfsizligi oyligi o‘tkazilmoqda.